Bobir Abdixoliqov: "Ordabasi" oltin dublga erishmoqchi"

Narzulla Saydullayev
4 noya 2023, 14:41
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Ordabasi" klubi hujumchisi Bobir Abdixoliqov kuni kecha championat.asia saytiga intervyu bergandi.

Ushbu intervyuda Abdixoliqov bugungi Qozog'iston kubogi finali haqida ham o'z fikrini bildirib o'tgandi: "Ordabasi" mamlakat chempioni bo'ldi. Finalda "Tobol"ga qarshi qiyin o'yin bo'ladi. Biz kubokda ham g'alaba qozonib, oltin dublga erishmoqchimiz. Agar kubokni ham qo'lga kiritsak mavsum ajoyib notada yakunlangan bo'lardi", - dedi Bobir Abdixoliqov. 

Eslatib o'tamiz, "Ordabasi" va "Tobol" o'rtasidagi Qozog'iston kubogi final uchrashuvi bugun, 4 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

Hujumchi bilan bo'lgan intervyuni to'liq holda tez orada saytimizda o'qishingiz mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia