

"O'rtada kelishuv bor edi. Unga ko'ra Rossiya va AQSH JCH-2018, JCH-2022 musobaqalarini qabul qilishi kerak edi. Barchasi diplomatik tarzda hal qilib bo'lingandi".
Shuningdek, u Fransiyaning o'sha paytdagi bosh vaziri Nikolya Sarkozi UEFA prezidenti Mishel Platinini Qatarga ovoz berishga majburlaganini aytib o'tdi.
Mezbonlarni aniqlaydigan saylovlarga bir hafta qolganida Platini menga qo'ng'iroq qildi: "Mamlakat boshlig'i menga Fransiyadagi holatni ham hisobga olishim zarurligini aytdi". Shu orqali u boshqalarga ham ta’sir ko'rsata olgan", - deydi Blatter.
Yakuniy natijaga ko'ra esa Qatar Amerikani 14:8 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.



