"Biz bundan keyin ham goldan so'ng raqsga tushishda davom etamiz" - Tite

Sherzod Nurmatov
8 dek 2022
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite jamoasi futbolchilari gollarni raqsga tushib nishonlashda davom etishlarini aytdi.

Janubiy Koreya terma jamoasi bilan 1/8 final uchrashuvida (4:1) uchinchi gol urilganidan so'ng Tite futbolchilarga qo'shilib, golni raqs bilan nishonladi.

"Manchester Yunayted" sobiq sardori, irlandiyalik Roy Kin buni raqibga nisbatan hurmatsizlik, deb hisoblab, murabbiyni tanqid qildi.

"Bu biz tomondan qilinayotgan hurmatsizlik emas. Bu – bizning madaniyatimiz. Kimdir buni tushunmasligi va bilmagani uchun juda afsusdaman. Biz bundan keyin ham goldan so'ng raqsga tushishda va bayram qilishda davom etamiz", – dedi Tite Xorvatiyaga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Braziliya 9 dekabr kuni JCH chorak finalida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Planet Sport