Bir kuni Mourinyo Modrichni "Ellik yoshli Zidan" deb atadi. Luka bilan qanday voqea sodir bo'lgandi?

Оқил Абдубарноев
27 iyun 2022, 19:01
Joze Mourinyo Modrich bilan atigi bir mavsumni (2012/13) bir jamoada o'tkazdi, ammo bu xorvatiyani Jozening sevimli futbolchilaridan biriga aylanishi uchun etarli bo'ldi.

Uchrashuvlarning birida (Modrichning xotiralariga ko'ra, bu "Deportivo"ga qarshi bahs bo'lgan), ochiqchasiga jahli chiqqan Mourinyo tanaffusda Modrichning o'yinini tanqid qilgan:

"Luka, bu nimasi? Sen ellik yoshli Zidan kabi o'ynayapsan!"

Xorvatiyalik yarim himoyachi Mourning koyishiga munosabat bildirdi:

"Men u nimani xohlayotganini tushundim. Texnik jihatdan yaxshi o'ynadim, lekin kerakli ritm hamda tezligim yaxshi emasdi. Mourinyo esa tajovuzkor, o'ta shiddatli o'yinni, to'p bilan va to'psiz muttasil yugurishni talab qilardi. Meni Zidan bilan taqqoslash, hatto, yoqimli edi. Albatta, bu gap o'rinli edi, chunki murabbiy ranjigandi".


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sports.ru