Bilasizmi? "Qo'qon-1912" 6 yildan beri Toshkentda "Loko"ga mag'lub bo'lgani yo'q

Sherzod Nurmatov
14 sen 2023, 14:56
"Qo'qon-1912" jamoasi 6 yildan beri "Lokomotiv" maydonida mag'lubiyatga uchramasdan kelmoqda.

Bunday voqea oxirgi bor 2017 yilgi mavsumda sodir bo'lgan. 

O'shanda "temiryo'lchilar" safida Marat Bikmaev hamda Sanjar Shoahmedov to'p kiritgan, mehmonlar himoyachisi Akmal Xolmurodov avtogol muallifiga aylangan va o'yin 3:0 hisobida yakun topgan edi.

Ma'lumot uchun, jamoalar o'rtasidagi navbatdagi uchrashuv bugun "Lokomotiv" stadionida soat 18:30 da start oladi. "Lokomotiv" 33 ochko bilan 2-o'rinni, "Qo'qon-1912" esa 32 ochko bilan 3-o'rinni band etib turibdi. 



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz