Lizarazyu - Grizmann haqida: "U "Barselona" libosida qanday futbol o'ynashni bilmaydi"

Mirjalol Normatov
25 okt 2020, 22:45
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Biksant Lizarazyu vatandoshi Antuan Grizmanning "Barselona" tarkibidagi o'yinlari haqida gapirdi.

"U "Barselona" libosida qanday o'ynash kerakligini bilmaydi. Antuan ushbu jamoada o'rniga ega emas.

Qachonki, joyingni boy berib qo'ysang, ketishing kerak. Ayni damda bu holat Antuan bilan yuzaga kelmoqda. Uning "Barsa"dagi holati juda yomon", - dedi Lizarazyu.

Grizmann ushbu mavsumda samaradorlik qayd eta olmayapti 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telefoot