Beyl "Real"ga qaytishni xohlamoqda, Madrid klubi esa yo'q. U ispan klubida yana imkon berishlariga umid qilmoqda

Alisher
6 yanv 2021
"Tottenxem"da o'ynayotgan vinger Garet Beyl Madridning "Real" klubiga qaytishni xohlamoqda.

Futbolchi agar unga imkoniyat berilsa "qirollik klubi"da o'zini ko'rsatmoqchi. Uelslik futbolchi "Tottenxem"ga o'tganidan xursand emas.

"Real" Beylni ortga qaytarishni xohlamayapti. O'yinchining "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnoasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Bu vaqt davomida klub unga 40 mln evro to'lashi kerak.

Madrid klubi maoshlarni tejash uchun 31 yoshli o'yinchini mavsumlar oralig'ida sotib yubormoqchi. Ammo, ispanlar unga talab bo'lishiga ishonishmayapti. Ular Beylni keyingi yil yana klubda o'ynashiga tayyorlanishmoqda.


AlisherMuallif
Manba: AS