"Betis" Loren Moron uchun 60 million talab qilyapti

Estadio Deportivo xabariga ko'ra, "Napoli" "Betis"ning ispaniyalik forvardi Loren Moron uchun "Tottenxem" bilan kurash olib boradi.

Sevilyaliklar 26 yoshli futbolchini 60 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas. Davogarlar esa ushbu summaning yarmini taklif qilishyapti. 

Ma'lumot uchun, Lorenco Moron 2015 yildan buyon "Betis" futbolchisi hisoblanadi, uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Manba: Estadio Deportivo