Berluskoni "Milan"ni "Bavariya" yoki "Barselona" kabi o'ynashini istaydi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2015
"Milan" prezidenti Silvio Berluskoni jamoa bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovichga ishonch bildirishda davom etyapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, Berluskonining fikricha, serbiyalik mutaxassisning taktik bilimida kamchiliklar bor, ammo u futbolchilarga qanday muomalada bo'lishni biladi. Berluskoni "Milan" "Bavariya" yoki "Barselona" kabi o'yin ko'rsatishini xohlaydi va Mixaylovichning bunga kuchi yetishiga ishonadi.

"Milan" etti turdan cho'ng Italiya chempionatining 11-o'rnini egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport