Beraino "Stok Siti" tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2016
"Vest Bromvich" hujumchisi Saido Beraino faoliyatini "Stok Siti"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "kulollar" bosh murabbiyi Mark Xyuz klub rahbariyatidan 22 yoshli hujumchiga e'tibor berishni so'radi. "Stok" Beraino uchun 30 mln. evrodan ko'proq to'lashi kutilmoqda va bu klub uchun rekord mablag' bo'lishi mumkin. Ayni damda klubning eng katta xaridi Sherdan Shakiri (16 mln. evro) hisoblanadi.

Yozda Beraino "Tottenxem"ga o'tishga yaqin edi, ammo futbolchi o'z klubi rahbariyatini tanqid qilganidan so'ng, ushbu transfer amalga oshmay qoldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph