

"Al Ittihod" klubi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu va jamoa futbolchisi Karim Benzema o'rtasidagi munosabatlar yomonlashayotgan bo'lishi mumkin. Asharq Al-Awsat nashrining yozishicha, Nunu Santu "Ittihod" rahbariyatiga Benzema uning o'yin uslubiga tushmasligini ma'lum qilgan. Murabbiy boshidanoq Benzema bilan shartnoma imzolashni klubdan so'ramagan.
Bundan tashqari, Benzema klubga kelganida sardorlik bog'ichini olishni rejalashtirgan, ammo bu amalga oshmadi.
Barcha jihatlarni umumiylashtirganda, murabbiy va Benzema o'rtasidagi munosabatlar chigallashib borayotgan bo'lishi mumkin. Fransiyalik futbolchi klubda o'zini noqulay his qilmoqda. Karimning fikricha, bosh murabbiy noprofessional ish tutmoqda.



