Bellingem va Rodrigo "Real Sosedad"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
25 apr 2024, 17:09
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem va vinger Rodrigo Silva "Real Sosedad"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Ushbu futbolchilar o'yinoldi mashg'ulotida ham ko'rinish bermagan.

Inglizda oshqozoni bilan muammolari mavjud, braziliyalikda esa - gripp. Shunga qaramay, Rodrigo o'yin qaydnomasiga kiritilgan.

Shuningdek, umumiy guruhga darvozabon Tibo Kurtua va himoyachi Ferlan Mendi qaytgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca