Belgiyada Shvetsiya terma jamoasining ikki muxlisini otib kyetishdi

Aslanov Jasurbek
17 okt 2023, 01:19
Belgiya terma jamoasiga qarshi bahs kuni Bryusselda Shvetsiya terma jamoasining ikki muxlisini otib kyetishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 16 oktyabr kuni kechasi Belgiya poytaxti markazida ikki shvetsiyalik otib ketilgan.

Ayni damda Belgiya va Shvetsiya terma jamoalari voqea sodir bo'lgan joydan 5 km uzoqlikda - "Qirol Boduen" stadionida o'yin o'tkazishmoqda.

Hozircha bu ikki muxlis o'yin uchun kelganmi yoki yo'qligi ma'lum emas.

Het Laatste Nieuws ning xabar berishicha, bu haqiqatdan ham Shvetsiya terma jamoasi muxlislari.

Gumonlanuvchi voqea joyidan qochishga muvaffaq bo'lgan, policiya qidiruv ishlarini boshlab yuborgan. Ma'lumotlarga ko'ra, hujum qilgan shaxs arabcha so'zlarni aytib qochib ketgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Associated Press