Belgiya terma jamoasining yetakchilaridan biri JCHga bormasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2018
Belgiya terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Vensan Kompani Portugaliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (0:0) jarohat oldi.

Eslatib o'tamiz, bahsning 55-daqiqasida 32 yoshli belgiyalik shikastlanish tufayli maydonni tark etdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Kompani 3 iyun kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi va natijalar uning JCH-2018ga borish yoki bormasligini ko'rsatadi.

Belgiyaliklar JCH-2018 guruh bosqichida Panama, Tunis va Angliya terma jamoalari bilan o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters