Vensan Kompani: "Rekordni yangilaymiz, deb o'ylayman. Lekin menga bu qiziq emas"

Mirjalol Normatov
21 mar 2026
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesligada bir mavsumdagi gollar soni bo'yicha rekordni (101 gol) yangilash borasidagi savolga javob berdi.

Ayni damga qadar myunxenliklar hisobida 27-turdan keyin 97 gol bor.

"Rekordlarni o'ylab yuradiganlardan emasman. Bu men uchun qiziq emas.

Bu rekordni yangilaymiz, deb o'ylayman. Lekin oldimda boshqa vazifalar bor: masalan raqib kim bo'lishidan qatiy nazar o'zimizning kuchli sifatlarimizni raqibga o'tkaza olish", - dedi Kompani.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bayern&Germany