Belarus chempionati. Umarov va Iminov maydonga tushgan bahsda “Energetik-BGU” minimal hisobda yutqazdi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
17 okt 2020
Belarus Oliy Ligasi 26-turidan o'rin olgan “Vitebsk” – “Energetik-BGU” o'rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.

O'yindagi yagona gol 80-daqiqada braziliyalik himoyachi Julio Sezar tomonida urildi.

“Energetik-BGU” safida harakat qilayotgan Humoyunmirzo Iminov va Shohboz Umarov bahsni asosiy tarkibda boshlashdi. Umarov to'liq o'ynagan bo'lsa, Iminov 2-taym o'rtalarida zaxiraga olindi.

Vitebsk – Energetik-BGU 1:0 (0:0, 1:0)

CSK Vitebskiy

Gol: 1:0 – 80 Sezar.

Vitebsk – Gushhenko, Klopockiy, Sezar, Skitov, Chalov, Kalenchuk, Maranyao (Nazarenko, 90), Volkov, Gurenko, Vergeychik (Krasnov, 78), Fedosov (Teverov, 66).

Energetik-BGU – Makavchik, Yudchic (Dias, 82), Sokol, Miroshnikov, Svirepa, Bakich (Musaxanyan, 79), Bashilov, Girs, Umarov, Iminov (Sovpel, 69), Nosko.

Ogohlantirishlar: Miroshnikov (7), Nosko (30), Bashilov (59), Klopockiy (67), Volkov (81).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia