Belarus chempionati. Yetakchilar to'qnashuvida "Energetik-BGU" mag'lubiyatga uchradi, Abdixoliqov 64 daqiqa o'ynadi

Sherzod Nurmatov
23 sen 2021, 00:31
Belarus oliy ligasi 17-turidan o'rin olgan "Shaxtyor" (Soligorsk) – "Energetik-BGU" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Xabaringiz bor, mehmonlar safida 3 nafar hamyurtimiz harakatlanadi. Bugungi bahsda hujumchi Bobir Abdixoliqov asosiy tarkibda maydonga tushib, 64-daqiqada almashtirildi. 

Yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov belidan olgan jarohatini davolash bilan band bo'lsa, hujumchi Shahzod Ubaydullaev bir oz betobligi tufayli qaydnomadan o'rin olmadi.

Shaxtyor – Energetik-BGU 2:0 

Stroitel

Gollar: 1:0 – 29 Ivanovich, 2:0 – 90 Stasevich.

Shaxtyor – Filipenko, Gutor, Antich, Shatara, Shevchenko, Stasevich, Axmedi (Okeuxi, 70), Korzun, Ivanovich (Darbo, 77), Peyich (Szoke, 63), Skavish (Podstrelov, 90).

Energetik-BGU – Sokol, Lukashevich (Strelkovskiy, 78), Makushinskiy, Svirepa (Miroshnikov, 82), Rusanov, Bulichev (Omelyanchuk, 70), Musaxanyan, Rylach, Ofori (Lavrik, 61), Abdixoliqov (Papariga, 64), Diallo.

Ogohlantirishlar: Sokol (50), Lavrik (63), Svirepa (81).

Turnir jadvali


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia