Bekxem Messi haqida: "U faoliyatini yakunlaganidan so'ng faqatgina "Kamp Nou" yonida yashashni xohlayotganini aytdi. Hech kim "Barsa"ni Leodek sevmaydi"

Alisher
28 yanv 2025, 22:16
Devid Bekxem Lionel Messining "Barselona"ga bo'lgan sevgisi haqida gapirdi.

"Messining faoliyatini yakunlaganidan so'ng Mayamida yashashini xohlardim, ammo Leo menga faqatgina "Kamp Nou" yonida yashashni xohlashini aytdi.

U kabi "Barselona"ni kuchli sevadigan o'yinchi yo'q. Oyog'ida va hatto suv idishida ham "Barsa" emblemasini ko'rish mumkin", – dedi "Inter Mayami" rahbari Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumida.


AlisherMuallif
Manba: Goal