Bekkenbauer: "Germaniya, Ispaniya va Braziliya JCH favoritlari"

Tolibjon Qosimov
17 okt 2013, 18:21
Myunxenning "Bavariya" klubi faxriy prezidenti Franc Bekkenbauer 2014 yilgi Jahon chempionati favoritlari borasida o'z fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda nemis matbuoti.
"Biz mundialda Ispaniya va Braziliya bilan birga favorit bo'lamiz", - deydi Bekkenbauer.

"Oldingi Germaniya termasida Gerd Myuller asosiy hujumchi edi. U to'purar edi. Hozir bunday o'yinchilar yo'q, ko'pchilik gol ura oladi. Deylik, Shyurle, Ozil yoki Kroos uzoq masofadan gol urishlari mumkin", - deydi Bekkenbauer.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com