Behruz Asqarov: "Argentina gollarida tajriba katta rol o'ynadi"

Оқил Абдубарноев
22 may 2023
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi Behruz Asqarov Argentinaga qarshi uchrashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Argentinaga qarshi uchrashuvdan so'ng press-centrdagi xorijlik mutaxassislar tomonidan o'zbekistonlik futbolchilar ichida eng yaxshi o'yinchi sifatida qayd etildingiz. Bunday etirofga qanday munosabat bildirasiz?

- Eng yaxshi o'yinchi deb topilganimdan xursandman. Menimcha, jamoamiz tarkibida yomon o'yinchining o'zi bo'lmadi. 1-turdagi xatti-harakatlarim o'zimga maqul keldi.

- O'tgan yili ham O'zbekiston Argentinaga qarshi bellashgandi, o'sha raqib bilan hozirgisining o'rtasida qanday tafovut bor?

- Farq unchalik katta emas. Jamoa tarkibiga 2-3 nafar tajribali futbolchilar qo'shilgan, shuningdek, gollar urilishida aynan tajriba katta rol o'ynadi. O'tgan yilgi bellashuv agressiv ruhda o'tgandi. Mening maydondagi vazifam raqib hujumlarini buzishga qaratilgandi. O'shanda ikkinchi sariq kartochka tufayli chetlatilgan edim.

- Argentinadan to'p o'tkazib yuborishimizda darvozabon ham xatolarga yo'l qo'ydi. Boymurodov haqida qanday fikrdasiz, uning qahramonliklari qaerga g'oyib bo'ldi?

- Buni futbol deydilar, unda har doim siz o'ylagan narsa bo'lavermaydi. Shaxsiy fikrimcha, Otabek Argentinaga qarshi yomon o'yin ko'rsatmadi.

- Keyingi raqib haqida qanchalik ma'lumotga egasiz? Aynan sizning poziciyangizda to'p tepadigan raqib futbolchisini o'rgandingizmi?

- Har bir jamoaga qarshi o'yin oldidan ularni o'rganamiz va xatolarni to'g'rilab, keyingi o'yinda g'alaba uchun borimizni beramiz.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia