"Bayer" Vircning narxini ma'lum qildi. Futbolchiga "Real" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda

Alisher
19 mar 2025, 16:34
"Bayer" bosslari yozda germaniyalik hujumkor yarim himoyachi Florian Virc uchun 150 mln evro talab qiladi.

Shu bilan birga, leverkuzenliklar futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Farmacevtlar" Vircga 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qildi. Kelishuvda futbolchini 125 mln evro miqdorida sotib olish bandi ko'zda tutilgan bo'lib, u 2026 yildan kuchga kiradi.

Avvalroq, bazi manbalar Florian Vircga "Real," "Manchester Siti" va "Bavariya" da'vogarlik qilayotgani haqida xabar bergandi. Germaniyalik futbolchi joriy mavsum "Bayer" safida Bundesligada 25 ta uchrashuv o'tkazib, ularda 9 ta gol va 11 ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: bild.de