Baxtiyor Qosimov: Qo'qon-1912 jamoasiga o'tishimga asosiy sabab murabbiylarning ishonchi bo'ldi

Khoja
18 fev 2025
Jamoamizga yangi kelib qo'shilgan mahoratli futbolchi Baxtiyor Qosimov matbuot xizmatimizga qisqa intervyu berdi.

Qo'qon-1912 variant qanday paydo bo'ldi. Nima uchun Qo'qon-1912 jamoasini tanladingiz?

Assalomu alaykum barchaga. Qo'qon-1912 jamoasiga o'tishimga asosiy sabab murabbiylarning ishonchi bo'ldi. Ular menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Oldimda bir qator takliflar bor edi. Qo'qon-1912 jamoasi oldiga qo'ygan rejalari va maqsadlarini meni qiziqtirdi va shu sababli Qo'qon-1912 jamoasining taklifini qabul qildim. Qo'qonda o'ziga yarasha ajoyib muxlislar bor. Qo'qonliklar futbolni yaxshi ko'rishadi.

Jamoaga ko'nikish qiyinchilik tug'dirmadimi?

Jamoaga kirishib ketishim juda oson kechdi. Bu erdagi muhit meni yaxshi manoda hayron qoldirdi. Bazi futbolchilar bilan avval ham birga harakat qilganmiz. Qo'qon-1912 jamoasiga moslashuvim ancha tez kechdi deb bemalol ayta olaman.

Uzoq tanaffusdan so'ng yana Vodiy jamoasiga o'tdingiz. Vodiy jamoalarining Respublikaning boshqa jamoalaridan farqlanib turuvchi xislatlari bormi?

Vodiy jamoalarining muxlislarining asosiy farqi ular juda qattiq futbolni va o'z jamoalarini yaxshi ko'rishadi. Har bir muxlis chin yurakdan jamoasi uchun qayg'uradi. O'tgan yilgi chempionatda barcha guvoh bo'ldiki, vodiy muxlislari Superliga uchrashuvlarini haqiqatdan yanada qiziqarli qilib berishdi. Bu yil Superliga Qo'qon-1912 jamoasi ham qo'shildi. Bizning muxlislar ham vodiyning boshqa jamoalarining muxlislaridan kam emas. Raqobat futbolchilar orasida qanchalik yaxshi bo'lsa, muxlislar o'rtasida ham raqobat bo'lgani yaxshi. Shunda stadionlarimizga yanada ajoyib muhit taqdim etiladi. Barcha Qo'qon-1912 jamoasiga befarq bo'lmagan muxlislarni yangi mavsumda xursand qilishga harakat qilamiz.


KhojaMuallif
Manba: @FCKOKAND