Baxtiyor Namozov Qitalararo Kubok o'yinlarini boshqaradi

Shu yilning 19 noyabr kuni Dubayda plyaj futboli bo'yicha Dubay Qitalararo Kubogi turniri start oladi.
Dunyoning yetakchi terma jamoalari ishtirok etadigan mazkur turnir o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar orasida, o'zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov ham bor.

Takidlash joiz, Baxtiyor Namozov, O'zbekiston vakillari orasida plyaj futboli bo'yicha yagona FIFA hakami sanaladi. Namozov shu yilning sentyabr oyida Taitida bo'lib o'tgan plyaj futboli bo'yicha jahon chempionati bahslarida ham hakamlik qilgan edi.

Ma'lumot o'rnida, bu yilgi Qitalararo Kubok musobaqasida mezbon terma jamoadan tashqari amaldagi jahon chempioni - Rossiya, shuningdek, Braziliya, Marokash, Shveytsariya, Meksika, Eron hamda Italiya terma jamoalari g'oliblik uchun kurashadi.

Manba: the-uff.com