"Bavariya"ning 3 nafar futbolchisi "Borussiya D"ga qarshi o'ynashi so'roq ostida

Sherzod Nurmatov
25 mar 2024, 17:10
Myunxen jamoasida kadrlar muammosi bor.

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer, himoyachi Rafael Gerreyru va hujumchi Harri Keyn Germaniya chempionatining 27-turidan o'rin olgan "Borussiya" Dortmundga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida. Bu haqda "Kicker" xabar bermoqda.

Uchala futbolchida ham jarohat bor, shuning uchun ular terma jamoalari o'yinlarini o'tkazib yuborishadi.

"Bavariya" – "Borussiya D" uchrashuvi 30 mart kuni 20:30 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kicker