Bavariyani boshqarish uchun yagona nomzod qoldi

Khoja
18 may 2024, 09:00
Brayton ustozi Roberto De Dzerbi Bavariyani boshqarish uchun yagona nomzod sifatida qoldi.

Nemis jamoasi murabbiy uchun Braytonga 12 million evro tovon puli to'lashga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bavariya sport direktori Maks Eberl allaqachon italiyalik murabbiy bilan muzokara olib borishga ulgurgan.

Eslatib o'tamiz, kecha Tomas Tuxel yozda Bavariyani tark etishini e'lon qilgandi.

Avvalroq Xabi Alonso, Ralf Rangnik, Yulian Nagelsman kabi mutaxassislar Bavariyaning taklifini qabul qilmagandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com