“Bavariya”da nizo. Xames va Rudi o'rtasida kelishmovchilik yuz berdi

Jamoaning navbatdagi mashg'ulotida ikki futbolchi bir-biri bilan kelisha olmay qoldi.

Mashg'ulot vaqtida Xames va Rudi o'rtasida to'qnashuv yuz beradi. Oqibatda to'qnashuv “so'z jangi”ga aylanib ketdi.

Aren Robbening ularga qarata: “Yigitlar, janjalni davom ettiringlar” degan gapiga qaramay, Frank Riberi, Jerom Boateng va Rafinya ularni ajratib qo'ygan.

Mashg'ulot so'ngida ular bir-biriga qo'l berib maydonni tark etgani aytilmoqda.



Manba: Bild