"Bavariya" yarim himoyachisi "Milan"ga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
8 may 2026, 13:35
ESPN muxbiri Xaver Rodriges Paskualning so'zlariga ko'ra, "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Gorecka tez orada "Milan" a'zosiga aylanadi.

Manbaning xabar berishicha, "Milan" tez orada Myunxen klubi bilan shartnomasi shu yozda tugaydigan 31 yoshli nemis futbolchisining transferini yakunlaydi. "Bavariya" yanvar oyida u mavsum oxirida ketishini e'lon qilgandi.

Gorecka "Bavariya"ga 2018 yilning yozida "Shalke"dan o'tgandi. 30 yoshli futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 45 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN