"Bavariya" yangi shartnoma bo'yicha Leon Gorecka bilan kelisha olmayapti

Alisher
15 iyun 2021, 12:00
"Bavariya" yarim himoyachi Leon Gorecka bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Klub "Bavariya" tez orada futbolchi bilan 2025 yoki 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashiga ishonchi komil.

26 yoshli germaniyalik futbolchi o'tgan mavsum "qizillar" tarkibida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 7ta assist qayd etdi.

Leonning "Bavariya" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano