"Bavariya" Verner uchun 25 million evrodan ortiq to'lamaydi

Alisher
16 avg 2019
"Bavariya" "Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerni xarid qilmoqchi.

Myunxen klubi 23 yoshli germaniyalik o'yinchi uchun faqatgina 25 million evro to'lamoqchi.

Verner yakunlangan mavsum "Leyptsig" safida 37ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 10ta assistga erishgan.

Qayd etish kerakki, uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yozda o'z yakuniga etadi. O'yinchi oldinroq shartnomani uzaytirishni rad etgan edi.

Verner faoliyatini "Shtutgart"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Leyptsig"ga 2016 yilda o'tgan edi.

Hujumchi 2017 yildan buyon Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Bild