"Bavariya" va "Borussiya" "Fiorentina" forvardi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
19 okt 2021
"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich endi Germaniya klublari orasida ham talabga ega bo'lmoqda.

Vlaxovichga Robert Levandovskiga o'rinbosar izlayotgan "Bavariya" va Erling Xolandning ketishiga tayyorlanayotgan Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq, Vlaxovich bilan shartnoma imzolash xohishini "Atletiko", "Nyukasl", "Yuventus", "Barselona" va PSJ klublari bildirgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Bayern & Germany