"Bavariya" Tovenga qiziqish bildirmoqda, "Marsel" futbolchi uchun 80 mln evro talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
28 sen 2018
"Marsel" yarim himoyachisi Floryan Toven faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis klubi 25 yoshli futbolchini xarid qilmoqchi va uni 35 yoshli Frank Riberi o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. "Marsel" rahbariyati Tovenni 80 mln evrga baholamoqda.

Fransiyalik yarim himoyachi Liga 1ning 7ta uchrashuvida 6ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ouest France