

Tomonlar 2027 yilgacha kelishuvni uzaytirishni e'lon qilishdi. Germaniya chempionlari va Yevropaning yirik telekommunikacion kompaniyasi 20 yildan beri hamkorlik qiladi.
Oldinroq, "Bavariya" o'z homiysidan yiliga 45 mln evro olardi. Endi bu pul har yili 50 millionga qadar oshirildi.
Shunday ekan, myunxenliklar 5 yilda 250 mln evro ishlashadi – bu Bundesligadagi eng yirik homiylik bitimi.



