“Bavariya” sobiq a'zosi o'g'liga Myunxen deb ism qo'ydi

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2022, 08:20
“Bavariya” sobiq himoyachisi Samyuel Kuffur o'g'liga o'zgacha nom tanladi.

"Goal" manbasiga ko'ra, ganalik yangi tug'ilgan farzandiga Myunxen deb ism qo'ygan.

Kuffur 1993-2005 yillarda “qizillar” sharafini himoya qilgan va jamoa bilan 6 marta Germaniya chempionligi, 4 bora mamlakat kubogini qo'lga kiritib, UEFA Kubogi, Chempionlar Ligasi hamda qitalararo kubokda muvaffaqiyatga erishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal