"Bavariya" prezidenti Levandovskining kelajagi haqida gapirdi

Alisher
6 dek 2021, 15:07
"Bavariya" sobiq darvozaboni va klubning hozirgi prezidenti Oliver Kan jamoaning yetakchisi Robert Levandovski haqida gapirdi.

"Levandovski - dunyo futbolining eng yaxshi markaziy hujumchisi. Men Robertning yana shunday darajada bir necha yillar o'ynay olishiga aminman. Agar biz shartnomani uzaytirsak, bu biz uchun juda yaxshi bo'ladi. Levandovski o'z ishini 10000 foizga qilmoqda. Albatta, biz uni saqlab qolishni xohlaymiz", - deydi rahbar.

Polshalik futbolchi 2014 yildan beri Myunxen grandi tarkibida o'ynaydi.

33 yoshli futbolchining Germaniya chempioni bilgan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Sky90