"Bavariya" prezidenti Chempionlar Ligasi favoritlari haqida: "Real" har doim ro'yxatda bo'lishi kerak. Shuningdek, "Man Siti", PSJ, "Liverpul" ham"

Sherzod Nurmatov
12 sen 2022
"Bavariya" prezidenti Gerbert Hayner Chempionlar Ligasi favoritlari deb hisoblagan klublarini sanadi.

–  Sizningcha, ushbu mavsumda qaysi jamoalar Chempionlar Ligasining favoriti hisoblanadi?

– Bu ro'yxatga doim "Real"ni kiritishingiz kerak. Ananaviy davogarlar ham bor - "Manchester Siti", "Liverpul", PSJ ... va "Bavariya". Qolaversa, “Barselona” juda qiziq jamoa tuzdi – ularni ham hisobdan chiqarmaslik kerak", – dedi Hayner.

"Bavariya" Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida o'z maydonida "Barselona" bilan o'ynaydi. O'yin ertaga, 13 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport