

Bild jurnalisti Tobi Altsheffl ma'lum qilishicha, myunxenliklar Manuel Noyer bilan shartnomani uzaytirsalar, 29 yoshli darvozabon Aleksandr Nyubel bilan xayrlashadilar. Chunki bunday holda Nyubel klubning asosiy darvozaboni bo'lish imkoniyatidan mahrum bo'ladi. Nemis klubi ayni damda Noyer bilan shartnomani yangilashni reja qilmoqda.
Xabar qilinishicha, "Bavariya" Nyubelning narxini 20-25 million evro atrofida belgilagan. Darvozabon hozirda ijara asosida o'ynayotgan "Shtutgart" bu summani to'lashi amrimahol, biroq Angliya Premer-ligasining o'rta pog'onadagi klublari uchun bu transfer amalga oshishi ehtimoldan xoli emas.



