"Bavariya" Nagelsmannni Germaniya terma jamoasiga tekinga qo'yib yuborishga rozi

Omonjon To`xtamirzayev
13 sen 2023, 13:25
Myunxenliklar murabbiy bilan to'liq xayrlashishga tayyor.

"Bayern & Germany"ning xabar berishicha, agarda Germaniya futbol ittifoqi ("DFB") Yulian Nagelsmannning maoshini to'lashga rozi bo'lsa, "Bavariya" uni tekinga qo'yib yuborishga rozi. 

Nagelsmann bahorda "Bavariya" bosh murabbiyligidan ozod etilgan, biroq tomonlar amaldagi shartnomani bekor qilishmagan. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Bayern & Germany