"Bavariya" muzeyida klubga tegishli bo'lmagan bitta buyum bor (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
25 may 2018, 12:18
"Bavariya" muzeyi Yevropaning ko'plab grand klublaridagidek sovrinlarga to'la.

Ammo nemis klubi muzeyidagi bitta buyum "Bavariya"ga tegishli emas. Bu joyda "Barselona" forvardi Lionel Messining futbolkasi turadi. Nega?

2012 yilda Messi nemis futbol afsonasi Gerd Myullerning 40 yillik rekordini yangilagan edi. Argentinalik bir yilda 86ta gol urib Myullerning 1972 yildagi natijasini (85ta gol) yangiladi. O'sha muvaffaqiyatdan so'ng "Barselona" forvardi o'z formasini Gerd Myullerga yuboradi va ushbu futbolka ayni damda "Bavariya" muzeyida saqlanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net