"Bavariya" Musialani olib qolish uchun katta maosh taklif qildi

Khoja
15 noya 2024, 10:42
"Bavariya" jamoaning asosiy futbolchisi Jamal Musialani olib qolish uchun katta summadan voz kechishga tayyor.

Nemis grandi 21 yoshli futbolchining yillik maoshini 22 million evroga oshirishni maqsad qilgan. 

Musialaning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining hozirgi maoshi 9 million evroni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, futbolchi joriy mavsum 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com