"Bavariya" Koutino bilan ijara shartnomasini mavsum so'nggiga qadar uzaytiradi

Alisher
18 iyun 2020, 17:51
"Bavariya" "Barselona"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Filippe Koutinoning ijara shartnomasini uzaytiradi.

Xabarlarga ko'ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchi Germaniyaning amaldagi chempioni safida mavsum so'nggiga qadar qoladi.

Koutino joriy mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Bavariya"da 2019/20 yilgi mavsumda ijara asosida o'ynamoqda. Koutinoning transfer huquqi "Barselona"ga tegishli.


AlisherMuallif
Manba: Sky in Germany