"Bavariya" Kanselu va Blind jamoani tark etganini e'lon qildi

Administrator
30 iyun 2023, 23:18
Ikki futbolchi jamoani tark etdi.

"Bavariya" klubi jamoada harakat qilib kelgan ikki futbolchi – Joau Kanselu va Deyli Blindning ketganini ma'lum qildi.

Joau Kanselu qishgi transferlar oynasida "Bavariya"ga ijara asosida kelib qo'shilgandi. Shartnomada futbolchini 70 mln evroga sotib olish bandi bor edi. "Bavariya" bu bandni aktivlashtirmadi. Himoyachi endi "Manchester Siti"ga qaytadi.

Deyli Blind ham jamoaga qishda kelib qo'shilgandi. Ijara muddati tugallanganidan so'ng u ham o'z jamoasiga qaytib ketadigan bo'ldi.


AdministratorMuallif
Manba: https://twitter.com/FCBayern