

Nemis grandi rahbariyati o'yinchi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarga kirishdi. Amaldagi bitim 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Gorecka "Bavariya"ga 2018 yilning yozida o'tgan edi. U Myunxen klubiga "Shalke"dan erkin agent maqomida o'tgandi.
Leon joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.



