“Bavariya” futbolchisi “Liverpul”ga o'tishga rozi bo'ldi

Eldor Akmurzayev
4 iyul 2020
Bu haqda jurnalist-insayder Tankredi Palmeri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, myunxenliklar xavbeki Tyago Alkantara faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishga rozilik bildirgan. Mersisaydliklar 29 yoshli futbolchining transferiga 30 (+5 bonus) mln evro to'lashga tayyor. Alkantara “Bavariya” safida 2013 yildan harakat qiladi va uning amaldagi shartnomasi 2020/21 yili tugaydi.

Yakuniga etgan Bundesliga mavsumida esa ispaniyalik 24 bahsda qatnashib, 3ta gol urishga erishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru