"Bavariya" "Chelsi"ga taklif bilan chiqdi

Mirjalol Normatov
11 avg 2023, 00:30
Darvozabon Kepa Arrisabalaga "Chelsi"dan "Bavariya"ga o'tishi mumkin.

Myunxen klubi London tomon darvozabonni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olish borasida taklif jo'natdi. Klubdagi darvozabonlar "defitciti" sababli "Bavariya" shunday qarorga kelgan.

Arrisabalaga 2018 yildan buyon "Chelsi" tarkibida o'ynamoqda. U o'tgan mavsum jamoa tarkibida 29 o'yinda qatnashib, 33 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal