

Xavbekka "Manchester Yunayted”, "Bavariya" va Madridning "Real" klublari qiziqish bildirmoqda. "Ko'klar" futbolchini 150 mln funtga (172 mln evro) baholamoqda.
Manbaga ko'ra, Palmer "Chelsi"dagi taktik o'zgarishlardan hafsalasi pir bo'lgan va bu uni maydondagi bo'sh hududdan mahrum qilgan. Unga "Bavariya"ga ijaraga berilgan hujumchi Nikolas Jekson bilan o'ynash etishmayapti.
Joriy mavsumda Palmer barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 110 mln evroni tashkil etadi.



