

Myunxen klubi 27 yoshli vingerning transferi bo'yicha londonliklar bilan muzokaralarni boshladi.
Futbolchining o'zi "Bavariya"ga o'tish istagini bildirgan, deya xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.
"Chelsi" futbolchini sotishni talab qilmoqda, "Bavariya" esa ijaraga olish haqida o'ylamoqda.
Tomonlar o'rtasida hali kelishuvga erishilmagan, ammo myunxenliklar sport direktori Maks Eberl muzokaralarga jiddiy qarayotgani qayd etilgan.



