"Bavariya" "Barselona" futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
5 sen 2022
Myunxen klubi "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Gaviga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi "Bild" nashri jurnalisti Kristian Falk.

Manbaga ko'ra, Myunxen klubi futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qilishidan foydalanib ketmoqchi. 

Oldinroq xavbekka "Liverpul" qiziqayotgani aytilgandi.

18 yoshli Gavi joriy mavsum "Barselona" safida 4 ta o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern