Batistuta: "Iguainni butun dunyoda hurmat qilishadi, faqat Argentinada emas"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2019
"Roma" va Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Gabriel Batistuta "Chelsi" hujumchisi Gonsalo Iguainning milliy jamoadan ketish qaroriga fikr bildirdi.

"Iguani - buyuk hujumchi. Uni butun dunyoda hurmat qilishadi, ammo Argentinada emas. Argentinadagilar uning yuzlab gollarini emas, bir nechta xatolarini eslashadi" - deydi Batistuta.

Iguain Argentina terma jamoasi safida 75ta o'yin o'tkazib, 31ta gol urdi va 13ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia