Barxuan: "Jarohatlanganlar ko'pligi tufayli "Barselona" yosh bolalarni o'ynatishiga to'g'ri kelyapti"

Sherzod Nurmatov
7 noya 2021
Jamoani vaqtinachalik boshqarayotgan mutaxassisning aytishicha, Kataloniya klubi jarohat bilan bog'liq muammolardan aziyat chekmoqda.

"Bizda jarohatlanganlar talaygina, bunday holatda ishlash mushkul. Hamma tiklanganda, jamoamiz yanada ko'prog'iga erisha oladi. Tarkibimizga nazar tashlasangiz, yosh bolalarni maydonga tushirayotganimizning guvohiga aylanasiz. Ko'p o'yinchilar etishmovchiligi bilan muvaffaqiyatga erishishi qiyin. Barcha safda bo'lsa, mashg'ulotlar ham yaxshi kechadi, yaxshi raqobat bo'ladi, hamma o'ynashni istaydi. Biroq bizda hozir bu bilan bog'liq muammolar bor. 

Jarohat bilan bog'liq vaziyat meni shunchaki nobud qilmoqda. Ayni paytda g'alati holatdamiz va xohlardikki, bunaqasi boshqa takrorlanmasin. Bu bilan o'zimni oqlash niyatida emasman, ammo bu chindan muhim rol o'ynaydi", – dedi Serxi Barxuan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca