"Barselona"ning sobiq hujumchisi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2023
Saudiya Arabistonining "Al Fatex" klubi "Barselona"ning sobiq futbolchisi Kristian Telo bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

31 yoshli forvard 2024 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.

Teloning oldingi jamoasi Amerikaning "Los Anjeles" klubi edi. Futbolchi 2011 yildan 2017 yilgacha "Barselona" safida o'ynagan.

“Al Fatex” ayni damda Saudiya Arabistoni Premer-ligasida 9-o'rinni egallab turibdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FatehClub